Bronni bekor qilish

1. Umumiy qoidalar va huquqiy asoslar
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasida turistik xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq, Buyurtmachi (Iste’molchi) tegishli xizmat ko‘rsatish amalda boshlanishiga qadar istalgan vaqtda xizmat ko‘rsatish shartnomasini bajarishdan bosh tortish (amalga oshirilgan bronni bekor qilish) huquqiga ega, bunda Ijrochi ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan qilgan amaldagi xarajatlarini to‘lashi shart.
2. Pulni qaytarish shartlari va amalda qilingan xarajatlar (AQX)
Buyurtmachi band qilingan, tasdiqlangan va haqiqatda to‘langan xizmatlardan ixtiyoriy ravishda voz kechganda, “Avrella Travel” MChJ ushbu aniq buyurtmani tashkil etish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Ijrochining amalda qilingan xarajatlarini (AQX) ushlab qolgan holda, Buyurtmachi tomonidan to‘langan pul summasini qaytaradi.
Amalda qilingan xarajatlar (AQX) deganda, “Avrella Travel” MChJ bronni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy bildirishnomani olgan vaqtda turni tashkil etish yoki bron qilishni ta’minlash uchun uchinchi shaxslarga (jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: aviakompaniyalarga, joylashtirish vositalariga/mehmoxonalarga, xorijdagi qabul qiluvchi turoperatorlarga, global bron qilish tizimlarining konsolidatorlariga) o‘tkazib bo‘lgan yoki shartnoma majburiyatlariga ko‘ra o‘tkazishi shart bo‘lgan hamda ushbu hamkorlar va kontragentlar tomonidan qaytarilmaydigan deb topilgan maqsadli pul mablag‘lari tushuniladi. Amalda qilingan xarajatlar miqdori hujjatlar va/of xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning tarif qo‘llash qoidalari bilan tasdiqlanadi.
3. Qaytarilmaydigan tariflar va AQX miqdori
Muhim bildirishnoma: Buyurtmachi provayderlar tariflarining ayrim toifalari (jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda: charter reyslariga chiptalar, mehmonxonalarning maxsus qaytarilmaydigan promo-tariflari, arzon aviakompaniyalar / loukosterlar aviachiptalari) rasmiylashtirilgan (chiqarilgan) paytdan boshlab bevosita xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan to‘liq qaytarilmaydigan bo‘lishini to‘liq tan oladi, tushunadi va bu haqda xabardor qilingan. Bunday hollarda, muayyan vaziyatlarda AQX miqdori ushbu xizmatning Ijrochi uchun dastlabki qiymatining 100% gacha qismini tashkil qilishi mumkin.
4. Bekor qilish to‘g‘risidagi ariza topshirish va uni ko‘rib chiqish tartibi
4.1. Bronni bekor qilish va pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi rasmiy ariza Buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda Ijrochining veb-platformasidagi shaxsiy kabinet orqali shakllantirilishi va yuborilishi yoki yozma shaklda (shaxsiy imzo qo‘yilgan skanerlangan nusxasi) qo‘llab-quvvatlash xizmatining rasmiy elektron pochta manzili: info@avrellatravel.uz ga yuborilishi kerak.
4.2. Buyurtmachining bronni bekor qilish va pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi arizasi Ijrochi tomonidan u olingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
5. Pul mablag‘larini o‘tkazish qoidalari, muddatlari va valyuta shartlari
5.1. Firbgarlik operatsiyalarining oldini olish maqsadida va moliyaviy qonunchilik talablariga muvofiq, pul mablag‘larini qaytarish Ijrochi tomonidan qat’iy ravishda bekor qilinayotgan xizmatlar uchun dastlabki to‘lov amalga oshirilgan to‘lov vositasiga (Uzcard/Humo milliy tizimlari bank kartasiga, xalqaro bank kartasiga yoki hisob-kitob raqamiga) amalga oshiriladi.
5.2. Bron qilish tizimidagi qiymati xorijiy valyutaga bog‘langan xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari qaytarilganda, qaytariladigan summa pul mablag‘lari amalda qaytarilgan sanadagi xizmat ko‘rsatuvchi provayder va/yoki to‘lov tizimining tijorat kursi bo‘yicha hisoblanadi.
5.3. “Avrella Travel” MChJ AQXni batafsil hisoblash, yakuniy summani kelishish va qaytariladigan mablag‘larni bevosita o‘tkazish tartibini Buyurtmachi bilan yakuniy qaytarish summasi kelishilgan kundan boshlab 5–10 bank kuni ichida amalga oshiradi.
5.4. Pul mablag‘larining hisob raqamiga yoki kartaga kelib tushishining yakuniy muddati Buyurtmachining emitent-bankiga, shuningdek to‘lov tizimlarining ichki reglamentlariga bog‘liq, biroq u 30 kalendar kunidan oshmasligi kerak.
6. Yakuniy qoidalar
Ushbu Siyosat “Avrella Travel” MChJ Ommaviy ofertasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Siyosatni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.