Ommaviy oferta

Bundan buyon «Agentlik» deb yuritiluvchi, «Avrella Travel» masʼuliyati cheklangan jamiyati, istalgan muomalaga layoqatli, jismoniy shaxsga, shuningdek yuridik shaxsga, bundan buyon «Buyurtmachi» deb yuritiluvchiga, Agentlik ofisida va Internet tarmogʻida mavjud boʻlgan pullik turistik agentlik, axborot-maslahat va hamrohlik qiluvchi xizmatlarni (bundan buyon – Xizmatlar) taklif etadi.
1. TATBIQ ETILUVCHI ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
1.1. Ommaviy Oferta – Agentlik tomonidan Saytda eʼlon qilinadigan va cheklangan boʻlmagan shaxslar doirasiga qaratilgan, Turlarni (Turmahsulotlarni) tanlash va band qilish (bron qilish) boʻyicha agentlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi ushbu taklif.
1.2. Sayt – www.avrellatravel.uz
1.3. Oferta aksepti – Buyurtmachi tomonidan ushbu Shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish orqali ushbu oferta shartlarini toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishi.
1.4. Buyurtmachi – 18 yoshga toʻlgan va toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs yoki Agentlik xizmatlariga buyurtma beruvchi va toʻlovni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. Buyurtmachi bevosita Turist sifatida ishtirok etishi yoki uchinchi shaxslar (Turistlar) manfaatlarini koʻzlab harakat qilishi mumkin.
1.5. Buyurtma (Band qilish varaqasi) – Buyurtmachining turistik xizmatlarni tanlash va/lozim boʻlsa band qilish boʻyicha yozma yoki elektron shakldagi soʻrovi boʻlib, unda Turning aniq parametrlari (sanalari, Turistlarning F.I.Sh., mehmonxona, reys, tarif, qiymati, bekor qilishning maxsus shartlari va HAX) koʻrsatiladi hamda ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
1.6. Turistik xizmatlar / Turistik mahsulot (Tur) – bevosita Yetkazib beruvchilar (Tuoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar) tomonidan shakllantiriladigan joylashtirish, ovqatlantirish, tashish, ekskursiya xizmati va boshqa hamrohlik qiluvchi xizmatlar (sugʻurta, transfer, viza koʻmagi) majmui.
1.7. Xizmat koʻrsatuvchi yetkazib beruvchi – Tur tarkibiga kiruvchi xizmatlarning sifati, tariflari va hajmi uchun bevosita javobgar boʻlgan xizmatlarning bevosita ijrochisi yoki shakllantiruvchisi (Tuoperator, aviakompaniya, mehmonxona, sugʻurta kompaniyasi).
1.8. Turist – Agentlik tomonidan band qilingan Turmahsulot asosida sayohat qiluvchi yoki sayohat qilishni rejalashtirayotgan jismoniy shaxs.
1.9. Hujjatlar toʻplami (Vaucher) – Turistning Tur tarkibiga kiruvchi xizmatlarni olish huquqini tasdiqlovchi elektron yoki qogʻoz shaklidagi hujjatlar (turistik vaucher, avia/temir yoʻl chiptalarining yoʻnalish kvitansiyalari, sugʻurta polisi, eslatma).
1.10. Agentlikning servis yigʻimi – Agentlikning Turni tanlash, maslahat berish, band qilish, Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish va Buyurtmaga hamrohlik qilish boʻyicha xizmatlari uchun toʻlanadigan mukofot puli.
2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. Ushbu oferta qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (FK 369–370-moddalari), Oʻzbekiston Respublikasining «Turizm toʻgʻrisida»gi, «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari boʻyicha tartibga solinadi.
2.2. Agentlik Tuoperatorlar va boshqa Yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan agentlik (vositachilik) shartnomalari asosida Turmahsulotni targʻib qilish va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
2.3. Buyurtmachi Akseptni amalga oshirgungacha aviakompaniyalar, mehmonxonalar va tuoperatorlar tariflarini qoʻllash qoidalari, shu jumladan chiptalar va xonalarning ayrim toifalarining qaytarilmasligi shartlari bilan toʻliq hajmda tanishganligini tasdiqlaydi.
3. OFERTA PREDMETI
3.1. Buyurtmachining topshirigʻiga binoan Agentlik haq evaziga Yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan Turmahsulotga Hujjatlar toʻplamini tanlash, band qilish va keyinchalik Buyurtmachiga topshirishga qaratilgan vositachilik (agentlik), axborot-maslahat xizmatlarini koʻrsatish majburiyatini oladi.
3.2. Topshiriqni bajarish doirasida Agentlik turistik yoʻnalishlar boʻyicha maslahatlar beradi, Buyurtmaga muvofiq Tur variantlarini tanlaydi, Yetkazib beruvchilarga band qilish soʻrovlarini yuboradi, Buyurtmachidan toʻlovni qabul qiladi va uni keyinchalik Xizmat koʻrsatuvchi yetkazib beruvchilarga oʻtkazadi, shuningdek, tayyor Hujjatlar toʻplamini Buyurtmachiga topshiradi.
3.3. Taraflar Agentlik Turmahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki shakllantiruvchi emasligini, balki faqatgina Buyurtmachi va Xizmat koʻrsatuvchi yetkazib beruvchilar oʻrtasida vositachi sifatida harakat qilishini aniq tan oladilar.
4. OFERTA VA OFERTA AKCEPTI
4.1. Ushbu oferta Saytda eʼlon qilingan muddat davomida chaqirib olinmaydigan hisoblanadi. Agentlik Sayt foydalanuvchilarini oʻzgarishlar kuchga kirishidan 5 kun oldin xabardor qilgan holda ofertani oʻzgartirish yoki chaqirib olish huquqiga ega.
4.2. Ushbu oferta akseptlangan, shartnoma esa Buyurtmachi tomonidan quyidagi harakatlardan biri (qaysi biri birinchi sodir boʻlishidan qatʼi nazar) amalga oshirilgan paytdan boshlab tuzilgan deb eʼtirof etiladi:
4.2.1. Saytda, elektron pochta yoki Agentlikning messendjerlari orqali buyurtmani rasmiylashtirish yoki Buyurtma yuborish;
4.2.2. Turning yakuniy dasturini / Buyurtmani yozma yoki elektron shaklda (shu jumladan messendjerlar orqali) tasdiqlash;
4.2.3. Band qilish uchun Agentlikka Turistlar pasportlarining nusxalarini taqdim etish;
4.2.4. Buyurtmachi tomonidan zakalat (boʻnak), Agentlik xizmatlari qiymatining qisman yoki toʻliq toʻlovini kiritish.
5. ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI VA KOMMUNIKATSIYALAR
5.1. Taraflar ushbu shartnomaning rekvizitlarida va Buyurtmada koʻrsatilgan telefon raqamlariga biriktirilgan Telegram va WhatsApp messendjerlari, shuningdek, elektron pochta manzillari orqali elektron shaklda yuborilgan yozishmalar, hujjatlar, bildirishnomalar va cheklarning toʻliq yuridik kuchini tan oladilar.
5.2. Ushbu shartnomaning 5.1-bandida koʻrsatilgan aloqa kanallari orqali uzatilgan hujjatlarning elektron nusxalari (skanerlangan nusxalar, fotosuratlar, PDF formatidagi hujjatlar) qogʻoz tashuvchilardagi Taraflar tomonidan oʻz qoʻllari bilan imzolangan hujjatlarga teng deb eʼtirof etiladi.
5.3. Buyurtmachi oʻzining shaxsiy messendjerlari va elektron pochtasining maxfiyligi hamda ulardan uchinchi shaxslarning foydalanishi uchun toʻliq javobgardir. Buyurtmachining akkauntlaridan amalga oshirilgan har qanday harakatlar va tasdiqlar uning shaxsan oʻzi tomonidan sodir etilgan deb tan olinadi.
6. TANLASH, BAND QILISH VA HUJJATLARNI BERISH TARTIBI
6.1. Buyurtmachining Buyurtmasi asosida Agentlik Tur variantlarini tanlaydi va Buyurtmachiga xizmatlar, tariflar xususiyatlari va ularning dastlabki qiymati koʻrsatilgan Buyurtmani (Band qilish varaqasini) yuboradi.
6.2. Buyurtmachi Buyurtmani 7 taqvim kuni ichida tasdianglashi shart. Tasdiqlash va toʻlov amalga oshirilgunga qadar Agentlik Yetkazib beruvchilarda qatʼiy band qilishni amalga oshirmaydi.
6.3. Tur Yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan keyin va Buyurtmachi tomonidan 100% toʻlov amalga oshirilishi sharti bilan, Agentlik Buyurtmachiga Hujjatlar toʻplamini elektron shaklda (elektron pochtaga yoki messendjerga) yuboradi yoki Tur boshlanishidan kamida 24 soat oldin ofisda shaxsan topshiradi, Yetkazib beruvchi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish reglamentida (shu jumladan charter reyslarida) kechroq muddatlar nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.4. Tasdiqlangan Turga kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar (muddatlar, ismlarni almashtirish, mehmonxona toifalari) Xizmat koʻrsatuvchi yetkazib beruvchilarning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan qayta band qilish uchun barcha yigʻimlar va jarimalar Buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.
7. TOʻLOV TARTIBI VA DINAMIK NARX BELGILASH
7.1. Xizmatlar uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻmda) Agentlik kassasiga, naqd pulsiz hisob-kitob orqali yoki elektron toʻlov tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
7.2. Buyurtmachi Tur boshlanishidan kamida 45 kun oldin (agar «tezkor» turlarni band qilishda boshqacha holat toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa) Agentlik tomonidan koʻrsatilgan miqdorda zakalat (boʻnak) kiritish majburiyatini oladi. Zakalat summasi Turning umumiy qiymatiga hisoblanadi.
7.3. Tur Yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Buyurtmachi Turdan voz kechgan taqdirda, kiritilgan zakalat summasi Agentlik tomonidan haqiqatda koʻrilgan xarajatlarni (HAX) — Yetkazib beruvchilar tomonidan bekor qilinganligi uchun Agentlikka qoʻllanilgan jarima va yigʻimlarni qoplash hisobiga ushlab qolinadi. Agar HAX summasi zakalat summasidan oshib ketsa, Buyurtmachi farqni 3 kun ichida qoʻshimcha toʻlashi shart.
7.4. Toʻliq toʻlov amalga oshirilgunga qadar Agentlik tomonidan koʻrsatilgan Turning qiymati xizmat koʻrsatuvchi Yetkazib beruvchilar va band qilish tizimlarining (GDS) dinamik narx belgilashi asosida shakllanadi. Qiymat faqatgina Yetkazib beruvchi tomonidan band qilish tasdiqlanganidan va Buyurtmachi tomonidan toʻliq (100%) toʻlov kiritilganidan keyingina uzil-kesil qayd etilgan (fiksatsiya qilingan) hisoblanadi.
7.5. Toʻliq toʻlov amalga oshirilgunga qadar Turning qiymati GDS tizimlari tariflari, aviachiptalar narxi oʻzgarganda, mehmonxonalar tomonidan yashash qiymati oʻzgartirilganda, yangi soliq va yigʻimlar joriy etilganda, shuningdek, dastlabki hisob-faktura taqdim etilgan paytdan boshlab valyuta kurslari 3% dan koʻproqqa oʻzgargan taqdirda Agentlik tomonidan bir tomonlama tartibda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Buyurtmachi tegishli bildirishnomani olgan paytdan boshlab 3 kun ichida qiymatdagi farqni qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
8. VIZA RAD ETILISHI BILAN BOGʻLIQ TAVAKKALCHILIKLAR
8.1. Agentlik vizalarni olish uchun hujjatlarni tayyorlash va topshirishda (viza koʻmagi) faqatgina maslahat va texnik yordam koʻrsatadi hamda viza berish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi organ hisoblanmaydi.
8.2. Agentlik Buyurtmachi va Turistlarga viza berilishini kafolatlamaydi. Viza berish yoki berishni rad etish, shuningdek, uni koʻrib chiqish muddatlari toʻgʻrisidagi qaror xorijiy davlatlarning konsullik xizmatlari va elchixonalarining mutloq huquqi (prerogativasi) hisoblanadi.
8.3. Viza berishni rad etilishi, konsullik tomonidan pasportning oʻz vaqtida qaytarilmasligi yoki davlat organlari tomonidan ilgari berilgan vizaning bekor qilinishi Buyurtmachiga pul mablagʻlarini toʻliq qaytarish uchun asos boʻlmaydi. Koʻrsatilgan holatlarda Turni bekor qilish xizmat koʻrsatuvchi Yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan haqiqatda koʻrilgan xarajatlarni (HAX) ushlab qolgan holda umumiy tartibda amalga oshiriladi.
9. AVIACHIPTALARNI RASMIYLASHTIRISHNING XUSUSIYATLARI
9.1. Tur tarkibida yoki alohida xizmat sifatida aviachiptalarni band qilishda, Buyurtmachi aviakompaniyalarning aksariyat tejamkor (ekonom) tariflari qisman yoki toʻliq qaytarilmasligi haqida ogohlantirilgan. Qaytarish va almashtirish shartlari tegishli aviakompaniyaning qoidalari bilan tartibga solinadi.
9.2. Agentlik aviakompaniyalar tomonidan jadvalning oʻzgartirilishi, uchish sanalari, vaqti koʻchirilishi, havo kemasi turining almashtirilishi yoki reyslarning bekor qilinishi uchun javobgarlikni oʻziga olmaydi. Aviatashish sifati va reyslarning kechikishi bilan bogʻliq barcha daʼvolar Buyurtmachi tomonidan xalqaro tashish qoidalariga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri aviakompaniyaga taqdim etiladi.
10. BEKOR QILISH SIYOSATI VA HAQIQATDA KOʻRILGAN XARAJATLAR
10.1. Buyurtmachi Agentlikka yozma yoki elektron shaklda bildirishnoma yuborish orqali sayohat boshlangunga qadar istalgan vaqtda Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.
10.2. Tur Buyurtmachining tashabbusi bilan bekor qilinganda, undan ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi Yetkazib beruvchining haqiqatda koʻrilgan xarajatlari (HAX) ushlab qolinadi. HAX miqdori muayyan Tuoperatorning shartlariga, aviakompaniya tarifiga va uchish sanasining yaqinligiga bogʻliq boʻladi hamda Buyurtmada yoki Yetkazib beruvchining qoidalarida qayd etiladi.
10.3. Agentlikning tanlash va band qilish uchun servis yigʻimi Agentlik tomonidan allaqachon haqiqatda koʻrsatilgan vositachilik xizmatlari uchun toʻlov hisoblanadi va qaytarilmaydi.
11. TARAFLURNING JAVOBGARLIGI VA JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
11.1. Taraflar Agentlikning vositachilik maqomidan kelib chiqadigan cheklashlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
11.2. Agentlik faqatgina Agentlik tomonidan haqiqatda koʻrsatilgan vositachilik xizmatlari qiymati doirasida va Agentlikning aybi isbotlangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
11.3. Agentlik bevosita xizmat koʻrsatuvchi Yetkazib beruvchilar (Tuoperatorlar, mehmonxonalar, tashuvchilar) tomonidan yoʻl qoʻyilgan harakatlar, xatolar, reyslarning bekor qilinishi, yukning kechikishi, overbuking (joy yetishmovchiligi), sifatsiz xizmat koʻrsatish uchun javobgarlikni oʻziga olmaydi.
11.4. Agentlik qarzdorliklar, sud taqiqlari yoki voyaga yetmagan bolalarga hujjatlarning notoʻgri rasmiylashtirilganligi sababli Turistning chiqish/kirish huquqini cheklash toʻgʻrisidagi davlat organlarining (OʻzR va xorijiy davlatlarning chegara, bojxona, sud xizmatlarining) qarorlari uchun javobgar emas.
11.5. Tur uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda, Buyurtmachi muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, ammo bu umumiy qarz summasining 50 foizidan oshmasligi kerak.

12. FORS-MAJOR (YENGIB BOʻLMAYDIGAN KUCH HOLATLARI)
12.1. Taraflar, agar majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin favqulodda xususiyatga ega boʻlgan voqealar natijasida yuzaga kelgan yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarining oqibati boʻlsa, ushbu Shartnoma boʻyicha javobgarlikdan ozod qilinadilar.
12.2. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlariga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatlar (yer qimirlashi, suv toshqini, yongʻinlar), har qandey xususiyatdagi harbiy harakatlar, ish tashlashlar, inqiloblar, terrorchilik aktlari, pandemiya, epidemiya, lokdaunlar, favqulodda holat joriy etilishi, davlat chegaralarining yopilishi, aviaqatnovlarga taqiqlar qoʻyilishi, davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari va Taraflarning oqilona nazoratidan tashqarida boʻlgan boshqa holatlar.
12.3. Turizm sohasida fors-major holatlari (shu jumladan reyslarning bekor qilinishi yoki yoʻnalishlarning yopilishi) yuzaga kelgan taqdirda, xizmat koʻrsatuvchi Yetkazib beruvchilar (Tuoperatorlar/aviakompaniyalar) sayohat muddatlarini koʻchirish (mablagʻlarni depozitga qoʻyish) yoki Tur shartlarini oʻzgartirish huquqiga ega. Fors-major sharoitlarida Buyurtmachiga pul mablagʻlarini qaytarish xizmat koʻrsatuvchi Yetkazib beruvchilar tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq va muddatlarda, ularning HAX chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi.
13. DAʼVOLARNI KOʻRIB CHIKISH VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
13.1. Taraflar barcha nizo va kelishmovchiliklarni daʼvo qilish (pretenziya) tartibida hal etishga intiladilar. Daʼvo yozma shaklda rasmiylashtirilishi va Agentlik manziliga yuborilishi lozim (shaxsan tilxat bilan topshiriladi yoki bildirishnomali buyurtma xat orqali yuboriladi).
13.2. Buyurtmachining yozma daʼvosini Agentlik tomonidan koʻrib chiqish muddati u rasmiy ravishda olingan paytdan boshlab 10 (oʻn) ish kunini tashkil etadi.
13.3. Muzokaralar va daʼvo qilish tartibida kelishuvga erishish imkoni boʻlmagan taqdirda, nizolar Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga muvofiq sud tartibida koʻrib chiqiladi (Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligining imperativ normalarida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa).
14. SHAXSGA OID MAʼLUMOTLARNI HIMOYA QILISH
14.1. Buyurtmachi, Oferta akseptini amalga oshirib, Agentlikka Turistlarning shaxsga oid maʼlumotlarini Turni band qilish boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadidagina yigʻish, tizimlashtirish, toʻplash, qayta ishlash, saqlash (shartnoma amal qilish muddati davomida va u tugagandan keyin 5 yil davomida), aniqlashtirish, yangilash, shuningdek, transchegaraviy uzatishga (shu jumladan shaxsga oid maʼlumotlar subyektlarining huquqlarini adekvat himoya qilishni taʼminlamaydigan davlatlarga) oʻzining soʻzsiz roziligini beradi.
14.2. Shaxsga oid maʼlumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda ham, ulardan foydalanmasdan ham, Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga oid maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirilishi mumkin.
15. YAKUNIY QOIDALAR
15.1. Sud tomonidan ushbu ofertaning biror-bir bandining haqiqiy emas deb topilishi shartnomaning boshqa qoidalarining haqiqiy emasligiga sabab boʻlmaydi.
15.2. Ushbu oferta shartlarida tuzilgan shartnoma Aksept qilingan paytdan boshlab Tur toʻliq yakunlangunga qadar amal qiladi.

16. AGENTLIKNING YURIDIK MANZILI VA REKVIZITLARI
«Avrella Travel» masʼuliyati cheklangan jamiyati
Pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Qozitarnov koʻchasi, 37-uy.
STIR (INN): 313 018 467
E-mail: info@avrellatravel.uz
Sayt: www.avrellatravel.uz